ONLAYN QO‘SHIMCHA TA’LIM XIZMATLARINI KO‘RSATISH BO‘YICHA OMMAVIY OFERTA SHARTNOMASI
Toshkent shahri, O‘zbekiston Respublikasi
“16” dekabr 2025-yildan boshlab amal qiladi
Ushbu Ommaviy oferta (keyingi o‘rinlarda — “Oferta”) noma’lum doiradagi jismoniy shaxslarga qaratilgan bo‘lib, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Yangi Sebzor MFY, Sebzor ko‘chasi, 4-b uy manzilida joylashgan, STIR 312076888 bo‘lgan “SIGMA SOFTWARE TASHKENT” MCHJ XK, maktabdan tashqari ta’lim faoliyatini boshlaganligi to‘g‘risidagi 1182236-sonli Xabarnoma asosida faoliyat yurituvchi (keyingi o‘rinlarda — “Ijrochi”) tomonidan quyidagi shartlar asosida onlayn qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma (keyingi o‘rinlarda — “Shartnoma”) tuzish bo‘yicha ommaviy oferta hisoblanadi.
UMUMIY QOIDALAR
Ushbu Ofertani qabul qilish Buyurtmachining https://university.sigma.software/ veb-sayti orqali onlayn ta’lim xizmatlari uchun to‘lovni amalga oshirishi yoki Xizmatlardan foydalanish yoxud ularga kirish niyatini aniq tasdiqlovchi har qanday harakatni bajarishi hisoblanadi.
Ushbu Ofertani qabul qilish orqali Buyurtmachi mazkur Shartnomaning ushbu matnda bayon etilgan barcha shartlariga to‘liq rozilik bildiradi.
Ushbu Ofertani qabul qilish orqali Buyurtmachi mazkur Shartnoma shartlari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq uning qonuniy huquqlari va manfaatlarini cheklamasligini tasdiqlaydi.
Ijrochi onlayn qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini https://university.sigma.software/ veb-sayti (keyingi o‘rinlarda — “Sayt”) orqali ko‘rsatadi. Bunday xizmatlar onlayn ta’lim kurslari (keyingi o‘rinlarda — “Kurslar”) shaklida taqdim etiladi va ular oldindan yozib olingan video darslar, jonli onlayn mashg‘ulotlar, o‘quv materiallari, topshiriqlar hamda Ijrochi tomonidan belgilangan boshqa tarkibiy qismlarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Ijrochi akademik ta’lim yoki davlat tomonidan tan olinadigan malakalarni bermaydi. Kurslar O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq qo‘shimcha ta’lim faoliyati shaklidagi norasmiy ta’limni tashkil etadi.
Mazkur Shartnoma matni Internet tarmog‘ida quyidagi manzilda e’lon qilingan: ___________________
Keyingi o‘rinlarda Ijrochi va Buyurtmachi birgalikda “Tomonlar”, alohida holda esa “Tomon” deb yuritiladi.
- SHARTNOMA PREDMETI
1.1. Ushbu Shartnomaga muvofiq, Ijrochi tanlangan Kurs shaklida onlayn ta’lim xizmatlarini (keyingi o‘rinlarda — “Xizmatlar”) ko‘rsatadi, Buyurtmachi esa Xizmatlarni qabul qilish va ushbu Shartnomaga muvofiq ularning haqini to‘lash majburiyatini oladi.
1.2. Kurs to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar, jumladan Kurs nomi, Kursning qisqacha tavsifi, xizmatlar qiymati, Kursning umumiy davomiyligi va rejalashtirilgan boshlanish sanasi ushbu Shartnoma tuzilishidan oldin Saytda Buyurtmachiga taqdim etiladi. Mashg‘ulotlar jadvali, foydalanish shartlari, aniq o‘quv materiallari hamda ishtirok etish uchun zarur bo‘lgan boshqa dastur mazmunini o‘z ichiga olgan batafsil Kurs ma’lumotlari ushbu Shartnoma tuzilgan deb e’tirof etilgandan va Buyurtmachi tomonidan to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng Buyurtmachiga taqdim etiladi.
- XIZMATLAR NARXI VA HISOB-KITOBLAR
2.1. Xizmatlar narxi Ijrochi tomonidan Saytda e’lon qilish orqali belgilanadi. E’lon qilingan narx o‘zgartirilgunga qadar amal qiladi va bunday o‘zgarish kuchga kirishidan oldin to‘lovni amalga oshirgan Buyurtmachilarga nisbatan qo‘llaniladi.
2.2. Xizmatlar uchun to‘lov, muayyan Kurs uchun boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, 100 foiz oldindan to‘lov asosida amalga oshiriladi.
2.3. To‘lovlar O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi — o‘zbek so‘mi (UZS)da amalga oshiriladi.
2.4. Buyurtmachi to‘lov rekvizitlarining to‘g‘riligi uchun javobgar hisoblanadi.
2.5. Saytda ariza shakli topshirilgandan so‘ng, Buyurtmachi Xizmatlar uchun quyidagi usullardan biri orqali to‘lovni amalga oshirishi mumkin:
– Saytda mavjud bo‘lgan onlayn to‘lov tizimlari orqali; yoki
– Buyurtmachining elektron pochta manziliga yuborilgan hisob-faktura asosida, u 2 (ikki) bank ish kuni ichida to‘lanishi lozim.
Buyurtmachiga taqdim etiladigan aniq to‘lov usullari Ijrochining o‘z xohishiga ko‘ra belgilanadi.
2.6. To‘lov mablag‘lari Ijrochining bank hisob raqamiga kelib tushgan paytdan boshlab amalga oshirilgan deb hisoblanadi.
2.7. Buyurtmachi Kurs boshlanishidan oldin Shartnomadan voz kechganligi haqida xabar bergan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida boshqacha holatlar nazarda tutilmagan bo‘lsa, to‘langan summani to‘liq qaytarib olish huquqiga ega.
2.8. Boshqa hollarda mablag‘larni qaytarish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi. Shubhalarning oldini olish maqsadida, bepul taqdim etiladigan Xizmatlar har qanday holatda ham mablag‘larni qaytarish imkoniyatisiz ko‘rsatiladi. Agar to‘lov vaqtida chegirma qo‘llanilgan bo‘lsa, qaytariladigan summa amalda to‘langan summadan oshmasligi lozim.
2.9. Mablag‘larni qaytarish Buyurtmachining xabarnomasi olingan kundan boshlab 10 (o‘n) ish kunigacha bo‘lgan muddatda amalga oshiriladi. Mazkur xabarnomada Buyurtmachining to‘liq va to‘g‘ri bank rekvizitlari ko‘rsatilishi lozim bo‘lib, ularning to‘g‘riligi uchun Buyurtmachi to‘liq javobgar hisoblanadi.
2.10. Xizmatlar Kurs boshida Buyurtmachiga yetkazilgan reja asosida, keyinchalik o‘zgartirishlar kiritilmagan bo‘lsa, to‘liq ko‘rsatilgan deb hisoblanadi.
- HUQUQLAR VA MAJBURIYATLAR
3.1. Ijrochi quyidagi majburiyatlarini oladi:
3.1.1. Ushbu Shartnomada nazarda tutilgan tartibda va hajmda Xizmatlarni lozim darajada ko‘rsatish;
3.1.2. Xizmatlarni samarali ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan materiallarni Ijrochi tomonidan o‘z xohishiga ko‘ra belgilangan hajmda Buyurtmachiga taqdim etish;
3.1.3. Xizmatlar ko‘rsatish yakunlangandan so‘ng Buyurtmachiga Kursni tugatganlik to‘g‘risida sertifikat taqdim etish;
3.1.4. Mablag‘larni qaytarishni ushbu Shartnomaga muvofiq amalga oshirish.
3.2. Ijrochi quyidagi huquqlarga ega:
3.2.1. Ushbu Shartnoma shartlariga muvofiq Xizmatlarni ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni Buyurtmachidan olish;
3.2.2. Ushbu Shartnomaga bir tomonlama tartibda o‘zgartirishlar kiritish, Xizmatlar narxini, shuningdek boshqa shartlarni o‘zgartirish, bunda o‘zgartirishlar oldindan Saytda e’lon qilinadi. Bunda amalda to‘langan Xizmatlar hajmini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi;
3.2.3. Xizmatlar onlayn shaklda ko‘rsatilgan taqdirda va Ijrochining xohishiga ko‘ra, tegishli ta’lim Kursini video yozuvga olish hamda Buyurtmachiga Sayt yoki Ijrochi tomonidan tanlangan boshqa aloqa kanallari orqali foydalanish imkoniyatini taqdim etish.
3.3. Buyurtmachi quyidagi majburiyatlarini oladi:
3.3.1. Ijrochining o‘quv ko‘rsatmalariga mas’uliyat bilan rioya qilish, mashg‘ulotlarda qatnashish, amaliy topshiriqlar va uy vazifalarini bajarish;
3.3.2. Ijrochining mol-mulki va intellektual mulkiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq yetkazilgan zararni qoplash;
3.3.3. Xizmatlar ko‘rsatish jarayonida Buyurtmachiga taqdim etilgan har qanday uslubiy materiallarni uchinchi shaxslarga e’lon qilmaslik, topshirmaslik va tijorat yoki notijorat maqsadlarda foydalanmaslik;
3.3.4. Ijrochi tomonidan Buyurtmachiga taqdim etilgan Kurs materiallari va videolarini nusxalamaslik, saqlamaslik, uchinchi shaxslarga topshirmaslik, tijorat yoki notijorat maqsadlarda foydalanmaslik hamda Internet tarmog‘ida tarqatmaslik;
3.3.5. Saytdagi shaxsiy kabinetga kirish uchun foydalaniladigan rekvizitlarni (ya’ni login va parolni) uchinchi shaxslarga bermaslik.
3.4. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:
3.4.1. Ushbu Shartnomada nazarda tutilgan Xizmatlarni olish;
3.4.2. Ijrochidan ushbu Shartnoma shartlariga rioya etilishini talab qilish;
3.4.3. Ushbu Shartnomaning 2-bo‘limida belgilangan tartibda amalga oshirilgan to‘lovni qaytarishni talab qilish huquqi bilan Xizmatlardan voz kechish.
- TOMONLARNINGJAVOBGARLIGI
4.1. Ijrochi uchinchi shaxslar (Internet–provayderlar, aloqa operatorlari va boshqalar) tomonidan kelib chiqqan majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik uchun javobgar hisoblanmaydi. Agar Ijrochi biron–bir sababga ko‘ra Xizmatlarni belgilangan muddatda ko‘rsatmasa, Ijrochining javobgarligi Xizmatlarni yangi oqilona muddatda ko‘rsatish bilan cheklanadi.
4.2. Ijrochi Xizmatlar ko‘rsatish jarayonida Buyurtmachi tomonidan olingan axborotdan qanday foydalanilishi va undan foydalanish natijalari uchun javobgar emas.
4.3. Ushbu Shartnoma yoki uning ijrosi bilan bog‘liq har qanday da’vo yoki sud muhokamasi bo‘yicha Ijrochining umumiy javobgarligi ushbu Shartnoma doirasida Buyurtmachi tomonidan Ijrochiga to‘langan summa miqdori bilan cheklanadi.
4.4. Majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik uchun Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
4.5. Buyurtmachi 3.3-band talablarini buzganligi uchun, shu jumladan Ijrochi tomonidan amalda yetkazilgan zararlardan kelib chiqib belgilangan kompensatsiyani to‘lash orqali javobgar bo‘ladi.
4.6. Nizolar muzokaralar yo‘li bilan hal etiladi.
4.7. Ushbu Shartnoma bilan tartibga solinmagan masalalar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadi. Muzokaralar yo‘li bilan hal etilmagan barcha nizolar Ijrochi joylashgan joydagi tegishli sudga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.
- FORS-MAJOR HOLATLARI
5.1. Agar Tomonlar ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik holati Shartnoma tuzilganidan keyin yuzaga kelgan, Tomonlar oldindan ko‘ra olmagan va oqilona choralar bilan oldini olishi mumkin bo‘lmagan favqulodda holatlar natijasida sodir bo‘lganligini, shuningdek o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajarishni ta’minlash uchun o‘z vakolatlari doirasida barcha mumkin bo‘lgan choralarni ko‘rganliklarini isbotlasalar, bunday hollarda ular javobgarlikka tortilmaydilar. Fors-major holatlariga harbiy harakatlar, tabiiy ofatlar (zilzila, toshqin va boshqalar), davlat organlarining qarorlari kiradi. Tomonlar fors-major holatlari yuzaga kelgan kundan boshlab uch ish kuni ichida bir-birini bu haqda xabardor qiladilar.
5.2. Fors-major holatlari yuzaga kelgan taqdirda, ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish muddati mazkur holatlar va ularning oqibatlari amal qilgan davrga uzaytiriladi.
- AMALQILISH MUDDATI
Ushbu Shartnoma Buyurtmachi tomonidan qabul qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi va Tomonlar tomonidan majburiyatlar to‘liq bajarilgunga qadar amal qiladi.
- SHAXSIYMA’LUMOTLAR
7.1. Buyurtmachining shaxsiy ma’lumotlari O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq qayta ishlanadi.
7.2. Ushbu Shartnomani qabul qilish orqali Buyurtmachi Xizmatlarni ko‘rsatish maqsadida o‘z shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashga rozilik bildiradi.
7.3. Buyurtmachi, shuningdek, ushbu Shartnomani bajarish maqsadidagina Xizmatlarni ko‘rsatishda ishtirok etuvchi Ijrochining affillangan shaxslari va xizmat ko‘rsatuvchi provayderlariga shaxsiy ma’lumotlarni transchegaraviy uzatishga o‘zining aniq va ochiq roziligini bildiradi.
7.4. Ijrochi Buyurtmachining shaxsiy ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga oshkor etmaydi va uzatmaydi, bundan quyidagi holatlar mustasno: (i) bunday uzatish Xizmatlarni ko‘rsatish uchun zarur bo‘lsa; (ii) Buyurtmachi oldindan rozilik bergan bo‘lsa; yoki (iii) bunday oshkor etish amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq majburiy bo‘lsa.
- TILVERSIYASI
Ushbu Shartnomaning turli til versiyalari o‘rtasida tafovutlar yuzaga kelgan taqdirda, ingliz tilidagi versiya ustuvor kuchga ega bo‘ladi.
- IJROCHIREKVIZITLARI
SIGMA SOFTWARE TASHKENT mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxona
STIR: 312076888
Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Yangi Sebzor MFY, Sebzor ko‘chasi, 4-b uy
